Navigation überspringen Sitemap anzeigen

Avstriyada hamda va butun Yevropa davlatlaridan Naslli qoramollar

SCHALK naslchilik va qishloq xo'jaligi hayvonlarini xarid qilish bo'yicha sizning ishonchli hamkoringiz.

Chorvachilik savdosida to'rt avlod tajribasi ishonchlilik va professionallikni kafolatlaydi!

SCHALK nasldor va mahsuldor qoramollarni import va eksport qilish bo'yicha mutaxassis bo'lib, kompaniya Avstriyadan tashqarida ham tanilgan. Hamkorlarimiz va naslchilik xo'jaliklari bilan ishonchli aloqalar evaziga har yili 25 000 dan ortiq hayvonlarni butun dunyo bo’ylab export qilamiz.

Chorva hayvonlari savdosida sizga yuqori sifatni, savdo uchun doyimiy qoramollar ta’minotini hamda yuqori sifatli servisni kafolatlaymiz. Veb-saytimizni bilan tanishib chiqing! Sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

Tajribali chorvachilik savdosidan qoramol va boshqalar

Chorvachilik yo’nalishidagi qishloq ho’jalik korhonalari asosan go’sht va sut yetishtiruvchi fermer ho’jaliklaridan iborat bo’lib bunda bizning hizmatimiz qo’l keladi. Biz sizga ho’jalikning sharoitlaridan kelib chiqib eng yaxshi genetikani va har jihatdan sohani rivojlantirishni taklif qilamiz. Bizning global tarmog’imiz sizga loyihani tez va oson yechimlarini topishda ko’maklashadi.

Bizning yaxshi tayyorgarlikdan o'tgan jamoamiz tajribasi va kuchli xalqaro hamkorlar tarmog'i bilan biz sizning buyurtmangizni eng yaxshi qo'llab-quvvatlash va muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaymiz. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridagi mijozlarimizning ijobiy fikri buning eng yaxshi dalilidir. Bizning doimiy mijozlarimizdan biriga aylaning va oilaviy korhonamiz yordamida naslli mollar sonini orttiring!

Sizning korhonangiz uchun to’laqonli yechimlar

Biz siz oldingizga qo’ygan maqsadlarga o’z vaqtida yetishishingizni istaymiz.

Chorvachilik va chorva mollarini eksport qilishdan tortib, hayvonlarni tashish va eng zo'r selektsionerlardan urug' va embrionlarni yetkazib berishgacha: Biz bilan barchasiga erishasiz, ya’ni siz tajribali chorva mollari yetkazib beruvchisidan kutganingizdagidek barchasini professional tarzda qabul qilib olasiz.

Hayvonlarning tashish paytida va dam olish joylarining osuda va qulayligi biz uchun juda muhim sanaladi. Chorvachilik, naslchilik, hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va boshqaruv mutahassislari hizmati evaziga, sizning loyihangiz muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlaymiz. Biz bilan Bo’g’lansangiz hursand bo’lamiz va bajonidil savollaringizga javob berishga tayyormiz.

Zum Seitenanfang